K.B.G‘aniyev 1949-yil 1-mayda Samarqand shahrida ziyoli oilasida tug’ilgan. U 1966-yilda maktabni a’lo baholarga yakunlagandan keyin Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga o’qishga kirgan va 1971-yilda muxandis-iqtisodchi mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan. K.B.G‘aniyev Moskva muxandislik-qurilish institutida 1979-yilda nomzodlik, 1991-yilda doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan, 1993 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasining qarori bilan professor unvoniga sazovor bo‘lgan.
SamDAQUdagi 1971-yildan hozirgi kungacha bo’lgan faoliyati davomida 15 ta yangi fanlar va uning o‘quv-uslubiy ta’minotini yaratdi, jumladan “Mutaxassislikka kirish”, “Loyihalar tahlili va uni boshqarish”, “Tarmoq iqtisodiyoti”, “Sanoat korxonalari restrukturizatsiyasi qurilishini rejalashtirish”, “Korxona mulkini baholash”, “Ko‘chmas mulk qiymatini baholash”, “Mashina va uskunalar qiymatini baholash”, “Avtotransport vositalarini baholash”, “Korxona qiymatini baholash”, “Mulkni baholash va uning me’yoriy-huquqiy asoslari” shular jumlasidandir.
K.B.G‘aniyev 1 ta darslik, 8 ta o’quv qo’llanma, 1 ta monografiya, 4 ta uslubiy tavsiyalar hamda 100 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.
Shu kungacha K.B.G‘aniyev rahbarligida 2 ta fan doktori va 4 ta fan nomzodlari tayyorlangan. Hozirgi kunda 2 ta ilmiy tadqiqodchilarga doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha maslahatlar berib kelmoqda.
Ilmiy tadqiqod ishlari natijasida K.B.G‘aniyev 2009-yil 19-yanvarda “Korxonalar faoliyati samaradorligini boshqarish” nomli (EHM uchun №DGU01670), 2013-yil 3-mayda “Qurilish ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilishda ishtirok etuvchilarni moddiy rahbatlantirishni hisoblash uchun dastur” (EHM uchun №DGU02773), 2023-yil 31-avgustda “Avtotransport vositalarini xarajat yondashuvida baholash onlayn tizimi (AVTOBAHO.UZ)” (EHM uchun №DGU27176) mualliflik guvohnomalarini olgan.
K.B.G‘aniyev 2006-yilda “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 15 yilgi”ga ko‘krak nishoni, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 5 ta faxriy yorlig’i, Samarqand viloyat hokimligi faxriy yorlig‘i hamda turli korxona va tashkilotlarning tashakkurnomalariga sazovor bo‘lgan.