Skip to main content

GAZETA TAHRIRIYATI SAMDAQUGA TASHRIF BUYURDI

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga “O‘zbekiston bunyodkori” ijtimoiy-iqtisodiy gazetasining tahririyat a’zolari universitet professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan ushrashish, ijodiy suhbat qurish maqsadida tashrif buyurdilar.

Bo‘lib o‘tgan ijodiy uchrashuv qizg‘in savol-javoblar va ko‘plab takliflarga boy bo‘ldi. Unda so‘zga chiqqan Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sherzod Uzoqov, universitet matbuot kotibi Javlon Sadikov mamlakatimizning arxitektura va qurilish sohasidagi yagona nashri bo‘lmish “O‘zbekiston bunyodkori” gazetasi bilan hamkorlikdan minnatdorligini aytib, kelgusida bu hamkorlikni yanada mustahkamlash niyatida ekanliklarini bildirishdi.

Shuningdek, Qurilish fakulteti tyutorlari Toshpo‘lat To‘qboyev va Mirjalol Toliboyev hamda talaba Umid Mamatqulov gazeta mazmun-mundarijasi va unda yoritilayotgan maqolalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tahririyat bosh muharriridan batafsil javob olishdi.

Uchrashuvdan so‘ng universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz va tahririyat bosh muharriri Dilshod Jalolov kelgusidagi hamkorlik masalalari bo‘yicha suhbat olib bordilar. Suhbat yakunida esa ijodiy hamkorlikning ramziy ma’nosi sifatida esdalik uchun foto muhrlandi.