Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz va Respublika aerogeodeziya markazi Samarqand hududlararo bo‘linmasi derektori Ravshan Xatamovlar o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda 2023-yil 21-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida “Yer resurslaridan samarali foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusida ustuvor vazifalar to‘g‘risida”gi kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi bayonnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF-16-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, 2024-yil yanvarida universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz va Respublika aerogeodeziya markazi Samarqand hududlararo bo‘linmasi direktori Ravshan Xatamovlar o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi asosida “Geomatika muhandisligi” kafedrasining filiali tashkil qilindi.
Endilikda ushbu filial orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 20-iyun kuni kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining 32-sonli bayonida ko‘rsatilgan muhandislik sohasida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar ijrosini amalga oshirishda hamda mamlakatimizda muhandis kadrlar tayyorlash jarayonida yuzaga kelayotgan muammoli holatlarni bartaraf etish, “tarmoq-korxona-oliygoh” zanjiri asosida muhandislik oliy ta’lim muassasalari va sanoat tarmog‘ining (ishlab chiqarish korxona va tashkilotlarning) o‘zaro hamkorligini ta’minlash maqsadida universitetimizda bir qator ishlar olib boriladi.
Shu o‘rinda yangi o‘quv yilidan boshlab Respublika aerogeodeziya markazi Samarqand hududlararo boʻlinmasida “Geomatika muhandisligi” kafedrasi filialida “Kadastr”, “Geomatika muhandisligi”, “Geodeziya, kartagrafiya va kadastr” hamda “Geodeziya va geoinformatika” ta’lim yo‘nalishlari talabalariga fan-ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshirishda dual ta’limni yo‘lga qo‘yadi.