Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz Turkiyaning jahonga mashxur Geoplas va Sotech Grup kompaniyalariga tashrif buyurdi.
Tashrifning asosiy maqsadi korxona va universitet o‘rtasida o'zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish edi. Rektor korxona faoliyati, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va mahsulot sifatini aniqlaydigan laboratoriya jihozlari bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng, ikki korxona va universitet o‘rtasida yaqindan hamkorlik qilish taklifi bildirildi va bu taklif kompaniya rahbariyatiga ma’qul keldi.
Yanvar oyida korxona vakillarining Samarqandga tashriflari doirasida universitetga ham tashrif buyurishlari belgilab olindi. Geoplas va Sotech Grup kompaniyalari suv o‘tkazmaydigan geosintetik materiallar ishlab chiqarib, turli suv havzalari, to‘g‘onlar, hovuzlar va ariq-zovurlar uchun keng enli to‘shama mahsulotlar ishlab chiqarib, dunyoning bir qator davlatlariga eksport qiluvchi yirik ishlab chiqaruvchilardir.