Halollik odamlar orasidagi ijobiy munosabatlarning asosidir. Nalol luqma va mehnat bilan topilgan mol-mulk inson qalbida xotirjamlik, sokinlik uyg‘otadi va o‘zgalarga nisbatan xolis, ezgu niyat bilan munosabatda bo‘lishga olib keladi. Inson faqatgina halol mehnat qilib, ishlab chiqarish rivojlanishiga yordam beradi va xalqning farovon, baxtli yashashiga ko‘maklashadi. Harom luqma esa salbiy quvvatlar manbai bo‘lib, jamiyatda o‘zaro ishonchsizlikka, nizolarga sabab bo‘ladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” bo‘limi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Sizning sharafli mehnatingiz, halol umr yo‘lingiz biz uchun ibrat maktabidir” loyihasining navbatdagi mehmoni “Do‘stlik” ordeni sohibi, haykaltarosh, “San’at” kafedrasi dotsenti Turkman Esanov bo‘ldi.
“San’at” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etgan ushbu uchrashuvda haykaltarosh yaratgan o‘lmas ijod na’munalari, ularing yaratilish tarixi haqidagi qimmatli ma’lumotlar taqdim etildi.
Uchrashuv so‘ngida talaba-yoshlarni yuksak insoniy g‘oyalar ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy barkamolligini shakllantirishdek eng dolzarb, mas’uliyatli vazifaga qo‘shgan hissasi, ta’lim tizimidagi sharafli va halol mehnatlari uchun Turkman Esanovga universitet tashakkurnomasi topshirildi.