Skip to main content

Asosiy hamkor tashkilotlar bilan istiqboldagi strategik rejalar bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 416-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-iyundagi “Muhandislik sohasida kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi videoselektr yigʻilishining 32-sonli bayoni 6-bandida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz, Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektori Jo‘ramirza Qayumov hamda “Qurilish muhandisligi” kafedrasi mudiri G‘ofur Karimovlar Samarqand viloyati “Shirin” zamonaviy ishbilarmonlik markazi va turar joylar kompleksini barpo etish direksiyasida bo‘ldilar.

Uchrashuvda universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz, direksiya rahbari Akbarali Qayumov, ushbu direksiya bosh muhandisi Botir Pardayev, direksiya matbuot kotibi Xasan Xodjakulov hamda direksiya media markazi rahbari Isomiddin Po‘latovlar bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida direksiya va universitet o‘rtasida o‘zaro uzoq muddatli hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Universitet rahbariyati tomonidan fan, ta’lim, ishlab chiqarish korxonalari integratsiyasini takomillashtirish maqsadida dual ta’limni tashkil etish, talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda sinovdan o‘tkazish, ishlab chiqarish jarayonlarni chuqurroq tahlil qilish, talabalarda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, korxona oldida turgan muammolarni ilmiy jihatdan o‘rganib hal etish kabi masalalar muhokama qilindi.

Direksiya rahbari Akbarali Qayumov ham o‘z fikrlari davomida ushbu hamkorlik “Tarmoq-korxona-oliygoh” zanjiri orqali talabalarning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi. Shuningdek, ikki tomon uchun hamkorlikning manfaatli bo‘lishini qayd etdi.