Skip to main content

SAMDAQU VA IT PARK O‘RTASIDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Chidem Turkyilmaz va “IT-Park” Samarqand hududiy filliali rahbari Sherzod Yusupov o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish maqsadida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hamkorlik memorandumida O‘zbekiston Respublikasi yoshlari o‘rtasida axborot texnologiyalarini hamda “Start Up” ekotizimini va ta’lim sohasini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ekotizimini yaratish maqsadida quyidagi muhim yo‘nalishlar Tomonlar o‘rtasida belgilab olindi.

Ushbu Memorandum doirasida tomonlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, donorlar, grantlar va boshqalarni jalb qilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, “Start UP” ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, alohida dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha o‘qituvchi va murabbiylar uchun trening va seminarlar tashkil etish, loyihalarni amalga oshirish uchun universitet binolari va infratuzilmasini birgalikda ishlatish, shuningdek, “Start Up” ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha IT Park tadbirlari uchun binolardan alohida foydalanish va o‘zaro kelishuv bo‘yicha boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik qilish kabi vazifalar belgilab olindi.