Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida 2024-yil 25-30-noyabr kunlari M.S. Osimi nomidagi Tojikiston texnika universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun amaliyot tashkil qilinganidan xabaringiz bor.
Tojikiston texnika universitetining vakillari “Atrof muhit muhandisligi” kafedrasi o‘qituvchilari bilan “Samarqand City” da bo‘ldilar. Ushbu tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi tajriba almashish va hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.