Skip to main content

XXII xalqaro ilmiy konferensiya: “Ichki havo sifati va atrof muhit”

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Ichki havo sifati va atrof muhit” mavzusida XXll xalqaro ilmiy konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

Anjuman Rossiya arxitektura-qurilish fanlari akademiyasining Binolar fizikasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Anjumanda sanoat va kommunal xo‘jaliklarda energiya resurslaridan oqilona foydalanish, gaz ta’minoti tizimlari samaradorligini oshirish, atrof-muhit muammolari va gaz ta’minotida energiya tejamkorlikka erishish masalalari muhokama qilinmoqda. Anjumanda Rossiya va xorijiy mutaxassislarning keng doirasi ishtirok etmoqda.

Xususan Rossiya Federatsiyasining Moskva shahri, NIISF RAASN Oʻzbekiston, Samarqanddan soha mutasaddilari va universitet rahbarlari, professor-o‘qituvchilari hamda yosh olimlar, talabalar ishtirok etmoqdalar.

Xalqaro anjuman doirasida universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz bilan bir nachta oliygohlar o‘rtasida o‘zaro malaka almashish, stajirovkalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik memorandumlari imzolandi.

23-27-sentabr kunlariga mo‘ljallangan ilmiy anjuman doirasida mavzuga oid muammoli masalalar muhokama qilinib yakuniy xulosalar eshitilgach, rezolyutsiya qabul qilinadi.