Skip to main content

HIMOYA JARAYONLARI BO‘LIB O‘TDI

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida Madaniy meros obyektlarini asrash fakultetining 5-bosqich “Arxitektura yodgorliklari rekonstruksiyasi va restovratsiyasi” ta’lim yo‘nalishi talabalari bitiruv malakaviy ishlarini himoya qildilar.

Universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz kirish so‘zlari bilan himoya jarayonlarini ochib berib, himoya jarayonlarida bitiruvchilarga muvaffaqiyatlar tiladi. Ilmiy ishlarini davom ettirish niyatiga bo‘lganlarga hamda ishlab chiqarish korxonalariga yo‘l olmoqchi bo‘lgan bitiruvchilarga universitet yuzini doimo yorug‘ qilishlarida katta ishonch bildirdi.

Fakultetning bitiruvchi talabalari Samarqand viloyati va Respublikamizning boshqa viloyatlarida joylashgan madaniy meros obyektlarini ta’mirlash va qayta tiklash bo‘yicha tanlangan mavzularini himoya qildilar. Himoya jarayonida bitiruvchilar bitiruv malakaviy ishlarining dolzarbligi, ilmiy yangiliklari va amaliy natijalari haqida ilmiy, tahliliy yechimlari xususida ma’lumotlar berdilar.