Skip to main content

HISOBOT-SAYLOV YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Sherzod Uzoqov, Talabalar dekani Bekzod Saidov, Yoshlar yetakchisi Ikrom Davurov ishtirokida SamDAQU boshlang‘ich tashkiloti Yoshlar kengashi aʼzolari tomonidan universitet koordinatorlari saylandi.

Yig‘ilish avvalida amaldagi koordinatorlar hamda yangi nomzodlar oʻz saylovoldi dasturlarini taqdim etishdi. Yakunda esa umumiy ovoz berish yoʻli orqali eng yaxshi nomzodlar saylandi.

Prorektor Sherzod Uzokov tadbir soʻngida barcha koordinatorlarga o‘zining samimiy tilaklarini tilab, kelgusida Yoshlar kengashi faoliyatiga omad tiladi.