Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetining bulungʻurlik bitiruvchi yoshlari bilan “Oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish” maqsadida Bulungʻur tuman hokimi, tumanning iqtisodiy tarmoq va soha vakillari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda Samarqand viloyat Bulungʻur tuman hokimi Samandar Astanov, tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Azizbek Buriboyev va tuman hokimligi mas’ullari ishtirokida universitet yoshlari bilan ochiq va samimiy ruhda muloqot olib borildi.
Uchrashuv yakunida universitet hamda Bulungʻur tuman hokimligi oʻrtasida hamkorlik kelishuv memorandumi imzolandi.