Skip to main content

“HUDUDGAZ SAMARQAND” GAZ TA’MINOTI FILIALIGA TASHRIF

Yozgi maktab davomida Qurilish fakulteti, “Mexanika muhandisligi” kafedrasi mudiri v.v.b. Zafar Fayziyev hamda kafedra katta o‘qituvchisi Shavkat Usmonov tomonidan xorijlik professor o‘qituvchilar va talabalar uchun “Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filialiga tashrif uyushtirildi.

Mehmonlarni filial direktori Ansor Muhammadiyev iliq kutib olib korxona xususida qisqacha ma’lumotlar bilan tanishtirdi. Korxonaning umumiy strukturasi va uning tuzilmasi haqida esa kadrlar bo‘limi boshlig‘i Sur’at Odilov batafsil tushuntirishlar berib o‘tdi.

Tashrif davomida iste’molchilar tomonidan iste’mol qilingan gazni korporatsion boshqaruv punkti ishi va bugungi kundagi viloyat, shahar va tumanlardagi gaz iste’molchilarida uchrayotgan muammolar va uning yechimlari borasida bosh mutaxassis Xasan Doniyorov tomonidan qiziqarli tarzda tushunchalar berib o‘tildi.

Shuningdek, avariya dispetcherlik xizmati, Samarqand shahrini ta’minlovchi birinchi yuqori bosimli gaz tarqatish punktlari bilan ham tanishtiruv jarayonlari olib borildi.

Ushbu tashrif davomida xorijlik talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun katta qiziqish uyg‘otdi.