Skip to main content

Ijodiy imtihonlar boshlandi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida bugundan alohida iqtidor talab etuvchi ta’lim yo‘nalishlari uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarga start berildi.

 Universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz boshchiligida imtihon jarayonlari ochib berild. Qabul komissiyasi mas’ul xodimlari tomonidan abituriyentlarga bugungi imtihon jarayonlari xususida tushunchalar berildi.

 Bugun 5-iyul kunida mo‘ljallangan Dizayn: Landshaft dizayni, Dizayn: Kompyuter grafikasi va badiiy foto hamda Amaliy san’at: Badiiy naqqoshlik ta’lim yo‘nalishlariga imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, abituriyentlar bugungi imtihonlarda rangtasvir va chizmatasvir fanlaridan amaliy imtihon topshirmoqdalar, rangtasvir uchun 3 soat, chizmatasvir fani uchun 2 soat-u 40 minut vaqt belgilangan bo‘lib, shu vaqt ichida talabgor belgilangan topshiriqlarni bajarib bo‘lishi talab etiladi.

Jarayonlar jamoatchlik asosida mutaxassislikka aloqasi yo‘q bo‘lgan universitet xodimlari va vazirlik mas'ullari tomonidan nazorat qilinmoqda.

 Abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari uchun universitet hududida maxsus salqin joy tayyorlangan boʻlib, jarayonni shaffof va adolatli oʻtayotganini kuzatib borishlari uchun toʻgʻridan-toʻgʻri jonli efirda (https://samdaqu.edu.uz/samdaqu_live) kuzatish imkoniyati yaratilgan.