Skip to main content

ikkinchi xorijiy tilni tanlash imkoniyati

Hurmatli birinchi va ikkinchi kurs talabalari!

Hurmatli talabalar, 2023/2024-o‘quv yilida ingliz tilidan tashqari ikkinchi xorijiy til sifatida qaysi tilni o‘rganishga xohishingiz borligini o‘rganish maqsadida universitet ma’muriyati so‘rovnoma e’lon qilgan edi.

 Ko’pchilik birinchi bosqich talabalarining samdaqu.edu.uz tizimida elektron pochtalarining yo’qligi sababli ular so’rovnomada faol ishtirok etisha olmadi. Shu sababli ushbu so’rovnomada ovoz berishning muddati cho‘zildi, 2023-yil 11-sentabr soat 17:00 ga qadar etib belgilandi.

Hozirgi kunda barcha birinchi bosqich talabalari uchun samdaqu.edu.uz tizimida elektron pochtalari ochildi va tegishli dekanatlarga taqdim etildi. Talabalar o‘zlariga tegishli login va parolini fakultet dekanatidan olishlari mumkin.

Yana bir bor eslatamiz: ushbu ikkinchi xorijiy tilni tanlash yoki tanlamaslik bu talabaning xohishi.

Siz talaba-yoshlardan so’rovnomada faol ishtirok etishlaringizni so‘raymiz.

Ushbu so‘rovnoma natijasiga ko‘ra sizlar uchun ikkinchi xorijiy til fani tashkil etiladi.

 

So'rovnoma