Skip to main content

“Yangi O‘zbekiston: ilm qaldirg‘ochlari - 2024” talabalarning III xalqaro anjumanida talabalarimiz bir qator sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar

2024-yilning 18-may kuni Jizzax politexnika institutida arxitektura va qurilish sohasida ta’lim oluvchi oliy ta'lim muassasalari magistrantlari va talabalari o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston: ilm qaldirg‘ochlari - 2024” talabalarning III xalqaro anjumani o‘tkazildi.

Bu xalqaro anjuman ilmiy-texnik konferensiya va talabalar ilmiy tadqiqot ishlarining ko‘rik tanlovi shaklida tashkil etiladi. Ushbu xalqaro anjumanda SamDAQU talabalari “Qurilish muhandisligi” kafedrasi professor o‘qituvchilari rahbarligida faol ishtirok etib sovrinli o‘rinlarni egalladilar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar. 

“Bino va inshootlar qurilishida eng yaxshi konstruksiyaviy ishlanmalar, loyiha va texnologiyalar” nominatsiyasi bo‘yicha 4-kurs BvaIQ talabalari:

1-o‘rinni – Akmal Samadov (ilmiy rahbar Ulug‘bek Xamrokulov PhD);

2-o‘rinni – Akobir Asrorov (ilmiy rahbar Nargiza Sanaeva PhD);

3-o‘rinni – Amir O‘ktamov egalladilar (ilmiy rahbar professor Valiahmad Usmanov).

“Yangi qurilish materiallari, buyumlarini yaratish va ishlab chiqarish texnologiyasi”, “Qurilish konstruktsiyalari” hamda “Energiya samarador binolarni loyihalash” mavzusi bo‘yicha ilmiy yo‘nalishda bajarilgan “Eng yaxshi bitiruv malakaviy ishi (diplom loyihasi)” nominatsiyasi bo‘yicha 4-bosqich BvaIQ talabasi Bobur Zayniddinov 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi (ilmiy rahbar Ulug‘bek Xamrokulov PhD);

“Yangi O‘zbekiston: ilm qaldirg‘ochlari - 2024” talabalarning III xalqaro anjumani talabalar ilmiy-texnik konferensiyasining “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi bo‘yicha 4-bosqich BvaIQ talabasi Sadoqat Tursunova egalladi (ilmiy rahbar tayanch doktorant Chimnaz Asmanova).