Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga“UN IVERSITET” maqomi berilganligining 2 yilligi munosabati bilan “Moddiy-ma’naviy meros va umumbashariy qadriyatlar” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminar davomida moddiy va ma’naviy merosning ahamiyati, uning kelajak avlodlarga yetkazish mas’uliyati hamda umumbashariy qadriyatlarni himoya qilish bo‘yicha muhim mavzular muhokama qilindi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va mutaxassislar ishtirok etdi.
Seminarda xalqimizning bebaho boyliklarini saqlash va kelajak avlodlarga yetkazish mas’uliyatiga alohida urg‘u berilib, milliy merosimizning xalqaro miqyosda tan olinishiga hissa qo‘shadigan ilmiy tadqiqotlar va loyihalarning istiqbollari tahlil qilindi.