Skip to main content

IQTISODIYOT VA BOSHQARUV

Fakultet tarixi

Fakultet 2012 yilda “Qurilishni boshqarish” fakulteti nomi bilan tashkil etilgan. 2022 yil, 8 noyabrda PQ-416 qaroriga asosan “Iqtisodiyot va boshqaruv” fakulteti etib nomlandi. Fakultet bitiruvchilari viloyat Arxitektura va qurilish boshqarmalari, Avtoyo’l loyihalash instituti, viloyat Yer resurslari va davlat kadastr boshqarmasi, Yer tuzish va ko’chmas mulk kadastri xizmati davlat unitar korxonasi, Uzdaverloyiha instituti Samarqand filiali, viloyat O’rta maxsus va kasb hunar kollejlari boshqarmasi, viloyat davlat soliq boshqarmasi yer va ko’chmas mulkni soliqqa tortish bo’limlarida, ko’chmas mulkni baholash xususiy korxonalarida, qurilish ishlab chiqarish tashkilotlari, loyihalash institutlari rejalashtirish-iqtisodiy bo’limlarida texnik, katta mutaxassis, bo’lim boshliqlari, korxona rahbarlari sifatida faoliyat yuritishlari mumkin.

Fakultet ma’muriyati

Eshmurodov Mas'udjon Hikmatillayevich

Eshmurodov Mas'udjon Hikmatillayevich

Fakultet dekani

Qabul kunlari: Har kuni 14-00 dan 16-00 gacha   

Telefon: (8 366) 237-11-12 

Abdixoliqov Jamshid Abdixalilovich

Abdixoliqov Jamshid Abdixalilovich

Dekan o'rinbosari

Qabul vaqti: Har kuni: 14-00 – 16-00

Telefon: (8 366) 237- 11-12, +99891 100 99 19

Dekanat fakultetda rahbarlikni amalga oshiradi, muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi funktsiyalarni bajaradi. Uning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

 

1.    O'qituvchilar faoliyatini nazorat qilish (o'quv rejasining bajarilish holati, hujjatlar va boshqalar);

2.    Talabalarning muvaffaqiyatini baholash;

3.    Abituriyentlarni qabul qilish va ro‘yxatga olish bo‘yicha qabul komissiyasi bilan hamkorlikda ishlash;

 

FAKULTET KAFEDRALARI:

·         IQTISODIYOT

·         BIZNESNI BOSHQARISH

·         KO’CHMAS MULKNI BOSHQARISH

 

 

FAKULTET QUYIDAGI TA'LIM YOʻNALISHLARI BOʻYICHA BAKALAVRLARNI TAYYORLAYDI. KUNDUZGI T’LIM:

            60410100-Iqtisodiyot;

            60410900-Biznesni boshqarish;

            60410800-Menejment;

            60410200-Buxgalteriya hisobi;

            60411200-Marketing;

            60730700-Qiymat injiniringi va koʻchmas mulkni boshqarish.

 

KECHKI TA’LIM:

            60410100-Iqtisodiyot;

            60410900-Biznesni boshqarish

 

MASOFAVIY TA’LIM:

            60410100-Iqtisodiyot;

          60410900-Biznesni boshqarish;

          60410800-Menejment;

            60410200-Buxgalteriya hisobi;

            60411200-Marketing.

 

QUYIDAGI MUTAXASSISLIK BO`YICHA MAGISTRLARNI TAYYORLAYDI:

            70410102-Iqtisodiyot;

            70410901-Biznesni boshqarish (Master of Business Administration — MBA).