O‘QUV-USLUBIY BO‘LIM HAQIDA
O‘quv-uslubiy bo‘lim arxitektura, shaharsozlik va muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi sohalari uchun mutaxassislar tayyorlashda institut kafedralari hamda tegishli bo‘lim va xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtiradi, ta’lim jarayonini rejalashtiradi, nazorat qiladi va boshqaradi.
Boshqa oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tahlil qiladi, sohadagi ilg‘or ish tajribalarini o‘rganadi va umumlashtirib, zamonaviy innovatsion-pedagogik texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tatbiq etadi. O‘quv-uslubiy bo‘lim o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor rahbarligida dekanat va kafedralar bilan hamkorlikda ish yuritadi. Bo‘lim o‘z faoliyati va vakolatlari doirasida amalga oshirayotgan joriy ishlari yuzasidan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorga hisobot beradi.
Bo‘limning asosiy vazifalariga:
Yuqoridagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida o‘quv-uslubiy bo‘lim xodimlari guruhlarga ajratilib, faoliyat olib borish uchun sharoitlar yaratilgan.
O‘quv jarayonini tashkil etish va tahlil etish guruhi bo‘lim boshlig‘i boshchiligida ish olib boriladi va uning vazifalariga institutda o‘quv jarayoniga oid ma’lumotlarni to‘plash, tahliliy materiallar tayyorlash, o‘quv jarayonini takomillashtirishga qaratilgan rektor buyruq va farmoyishlari loyihalarini tayyorlash, ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish, talabalarining mashg‘ulotlarga qatnashishlari, o‘zlashtirish darajasi borasida ma’lumotlarni to‘plash, ularni tahlil va nazorat qilish, davlat attestatsiya komissiyalari faoliyatini tashkil etishga doir tadbirlarni amalga oshirish, o‘quv rejasining bajarilishi, mustaqil ta’lim soatlarining samarali o‘tishini ta’minlash, talabalarning malakaviy amaliyotini tashkil etish, institut rahbariyatining ko‘rsatmalarini kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilarga yetkazish, shuningdek institut kafedralari va boshqa OTMlarda o‘quv jarayonini tashkil qilish masalalarida erishilgan yutuqlar, ilg‘or tajribalar va usullarni o‘rganish va institut o‘quv jarayoniga joriy etish kiradi.
O‘quv jarayonini rejalashtirish guruhining asosiy vazifasi:
Rahbar va pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash jarayonlarini tashkil etish guruhi professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahorati va salohiyatini oshirish, malakali pedagog kadrlarni tayyorlash ishlarini takomillashtirish maqsadida Bosh ilmiy-metodik markaz va tayanch OTMlarda tashkil etilgan malaka oshirish va qayta tayyorlash mintaqaviy markazlariga yuboriladigan pedagog kadrlarni tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha vazirlik tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq yuborish, ularning o‘quv yuklamasini to‘g‘ri rejalashtirilishini nazorat qilish, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida attestatsiyadan muvaffaqqiyatli o‘tgan pedagog kadrlar tomonidan egallangan yangi kompetensiyalarni ommalashtirish maqsadida ochiq darslar, seminar-trening, master-klasslar o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish, attestatsiyadan o‘tolmagan o‘qituvchilarning tegishli yo‘nalishlarda qaytadan kurslarda o‘qishi va attestatsiyada ishtirok etishini ta’minlash bilan shug‘ullanadi.
Hozirgi kunda institutda 4 ta fakultet, magistratura bo‘limi hamda 25 ta kafedra mavjud bo‘lib, 20 bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 14 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha talabalarga 479 nafar professor-o‘qituvchilar ta’lim berib kelmoqda.
O'quv jarayon jadavali 2019-2020
O‘quv jarayon jadvali 2020-2021
Oliy ta'lim yo'nalishlari va mutaxasislikalari Klassifikatori
O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to'g'risidagi nizomga o'zgartirishlar kiritish haqida
O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi to'grisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oliy ta'lim muassasasi professor o'qituvchilar tarkibining o'quv yuklamasi hamda o'quv uslubiy, ilmiy-tadqiqot va "ustoz shogird" ishlarini belgilash qoidalari
2019 yilda o'tkaziladigan oliy ta'lim muassasalari, akademik litsey rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari rejasi hamda tinglovchilar kontingentini tasdiqlash
Arxitektura 5-bosqich bitiruvchi talabalarini "Mutaxassislik" fanlaridan Davlat attestatsiyalarini topshirish grafigi
Oliy ta'lim muassasalarida bakalavlarning bitiruv malakaviy ishini bajarashiga qo'yiladigan
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИ БИТИРУВЧИЛАРИНИНГ ЯКУНИЙ ДАВЛАТ АТТЕСТАЦИЯСИ ТЎҒРИСИДАГИ НИЗОМГА ЎЗГАРТИРИШЛАР КИРИТИШ ҲАҚИДА
Самарқанд давлат архитектура - қурилиш институти кенгашининг 2019 йил 9 июль 8 сон қароридан к ў ч и р м а
Yangi o'quv-uslubiy majmualarini tayyorlash bo'yicha uslubiy ko'rsatmani tavsiya etish
2020-2021 oʻquv yilida 1 kurs taʼlim yoʻnalarishi uchun FANLAR KATALOGI