Skip to main content

OWEEK: “INKUBATSIYA MARKAZI” BILAN TANISHUV

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-416-son qarori 10-bandiga asosan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti huzurida “Inkubatsiya markazi” tashkil etildi.

Samarqand viloyati hokimligi yordamida mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan ushbu markaz jihozlandi va faoliyati yo‘lga qo‘yildi

“Inkubatsiya markazi” o‘rnatilgan tartibda tashkil etildi va 2023-yil 13-aprelda 829211-sonli guvohnoma olindi. “Inkubatsiya markazi”ni ustavi ishlab chiqildi va belgilangan tartibda tasdiqlandi, shuningdek, universitet bosh binosidagi joylashgan “Inkubatsiya markazi”, “Coworking” markazi, “Start Up” markaziga ajratilgan xonalar zarur bo‘lgan texnikalar va anjomlar bilan jihozlandi.

Yangi o‘quv yilining ilk haftasida tashkil etilgan “Orientation week” tanishuv haftaligi doirasida universitet talabalariga markaz direktori Sanjar Rahimov va markaz xodimlari tomonidan universitet huzurida tashkil etilgan “Inkubatsiya markazi” bilan tanishtiruv jarayonlari olib borildi.