Skip to main content

“INKUBATSIYA” MARKAZINING ASOSIY MAQSADI VA FAOLIYAT YO‘NALISHLARI

Markazning asosiy maqsadi — Ilmiy va innovatsion loyiha va ishlanmalarni, “Start Up” g‘oyalarni tijoratlashtirish va xo‘jalik shartnomalari hisobidan ko‘rsatiladigan xizmatlar evaziga foyda olish hisoblanadi.

Quyidagilar “Inkubatsiya” markazi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:

-  Ilmiy va innovatsion loyiha va ishlanmalarni, startap g‘oyalarni rivojlantiradi;

-  yosh olimlar, iqtidorli talabalar hamda professor-o‘qituvchilarning innovatsion va “Start Up” loyihalarini qo‘llab-quvvatlash;

-  talabalarni innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanishga jalb etish, ularda boshlang‘ich tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish;

-  sohaga oid ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish, shartnoma asosida konsalting xizmatlarini ko‘rsatish, xalqaro grantlar loyihalarini jamoaviy bajarish orqali milliy va xalqaro darajadagi muammolar yechimida ishtirok etish;

-  ilmiy-tadqiqot loyihalari va g‘oyalarini ishlab chiqarish bilan integratsiya qilish orqali universitetni rivojlantirishga mahalliy va xorijiy investorlarni jalb etish va ular bilan o‘zaro hamkorlikda loyihalarni amalga oshirish; 

-  yoshlarning innovatsion loyiha tashabbuslarini aniqlaydi, ularning startap jamoalarini shakllantiradi;

-  universitet professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari, doktorantlar, magistrantlar va iqtidorli talabalariga o‘zlarining innovatsion g‘oyalari va “Start Up” loyihalarini rivojlantirishlari hamda amalga oshirish uchun ularga marketing, yuridik va boshqa maslahat yordamlarini ko‘rsatish orqali zaruriy infratuzilma bilan ta’minlaydi;

-  Innovatsiya sohasida yuqori malakali mutaxassislarning zamonaviy sinfini shakllantiradi;

-  markaz asosiy ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha boshqa mahalliy va xalqaro OTMlari, loyiha va loyiha-texnologiya universitetlari hamda arxitektura va qurilish sohasi korxonalari bilan hamkorlikda tadqiqotlar olib boradi;

-  markaz belgilangan tartibda universitet bo‘limlari orqali xorijiy oliy o‘quv yurtlari, ilmiy tashkilotlari va korxonalari bilan ilmiy va ilmiy-texnik hamkorlikni amalga oshiradi;

-  markaz o‘z faoliyatini mavjud muammolari bo‘yicha yuqori turuvchi vazirliklarning tavsiyasi asosida zamonaviy fan yutuqlaridan foydalanib tashkil etadi;

-  markaz o‘z ilmiy faoliyatiga universitet professor-o‘qituvchilari, doktorantlari, magistrlari va talabalarni jalb qiladi;

-  universitet professor-o‘qituvchilari “Inkubatsiya markazi”da xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha bajariladigan ishlarga jalb qilinadi;

-  doktorantlar, magistrlar va talabalarga ilmiy tadqiqot ishlarini, shu jumladan kurs va diplom loyihalarini bajarish uchun “Inkubatsiya markazi” huzuridagi laboratoriya bazasidan foydalanishga ruxsat beradi;

-  markaz talabalar, magistrlar va doktorantlarning o‘z yo‘nalishi bo‘yicha ishlariga ilmiy rahbarlik qiladilar;

-  markaz bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlarini belgilangan tartibda ro‘yxatga oladi, ilmiy-texnik axborot va hisobotlarni tayyorlaydi va tegishli tashkilotlarga taqdim etadi;

-  “Inkubatsiya markazi” xodimlari uchun qulay ish sharoitini yaratadi, mehnat qonunchiligiga, mehnat muhofazasi me’yorlariga rioya qiladi, texnika xavfsizligini ta’minlaydi;

-  “Inkubatsiya markazi” rejaviy tadqiqotlar va ishlarni bajarishda atrof-muhit muhofazasi bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi.

“Orientation week” tanishuv haftaligi doirasida tashkil etilgan galdagi uchrashuvda universitet mehmoni Azamat Akbarov va universitet prorektori Sherzod Uzoqovlar tomonidan yuqoridagi yo‘nalishlar xususida so‘z yuritildi.