Skip to main content

“INNOWEEK 2023” DOIRASIDA UNIVERSITET BOSQICHIGA START BERILDI

Xabaringiz bor 16-20 oktabr kunlari Respublikamiz bo‘ylab “Innoweek 2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu haftalik doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Innoweek 2023” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligining universitet bosqichi va ishlanmalar tanloviga start berildi.

Haftalikning universitet bosqichini Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor Botir Ibragimov rasman ochib berib ushbu haftalikda barchani faollikka chorladi.

Shundan so‘ng barcha kelgan mehmonlar haftalik odirasida tashkil etilgan ko‘rgazmadagi ilmiy ishlar hamda amaliy ishlar bilan tanishishga taklif etildi.