Skip to main content

INNOWEEK 2023 - XALQARO INNOVATSION G‘OYALAR HAFTALIGI YAKUNLANDI

2023-yil 16-20-oktabr kunlari Samarqand viloyatida o‘tkazilgan “InnoWEEK-2023” - Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘z nihoyasiga yetdi.

Haftalik davomida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari 2 mlrd so‘mdan ko‘proq bo‘lgan ilm-fan natijalarini tijoratlashtirish shartnomalarini imzolashdi.

“Kreativ ta’lim va innovatsiyalar - Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirda davlat va xususiy oliy ta’lim muassasalari, tadbirkorlik subyektlari hamda innovatsion g‘oya va tashabbusga ega yoshlarning bir guruhi sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Viloyat bosqichida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti jamoasi “InnoWeek 2023” - Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi hamda talabalarimiz orasida Arxitektura fakultetining 401-arxitektura guruhi talabasi Mirakov Shoxruz, Ulug‘bek Zubaydullayev rahbarligidagi bajargan “Gologramma illiyuziyasini beruvchi proyeksion oyna kichik arxitektura obyekti” loyihasi 3-o‘ringa munosib ko‘rildi.