Ushbu muhim tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Zulayxo Maxkamova, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii, shuningdek, ko‘plab vazirlik idoralari rahbarlari, ilmiy hamjamiyat vakillari, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, yosh tadqiqotchilar va ixtirochilar ishtirok etishdi.
SamDAQU jamoasi ham bu haftalikda faol qatnashmoqda. Marosimda universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Abror Gadayev, Qurilish materiallari va buyumlari kafedrasi professor-o‘qituvchilari o‘z g‘oyalari va izlanishlari bilan qatnashib, bilim va tajriba almashmoqdalar.