Skip to main content

 Institut rahbariyati va professor-o‘qituvchilari Samarqand shahridagi hududlarning barqaror rivojlanishida ekspert sifatida jalb qilindilar

 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-yanvardagi “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-104-son Qarorning 5-bandiga muvofiq hududlarning master-rejalarini ishlab chiqish topshirigʻi berilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-iyun kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan “Xizmatlar sohasini rivojlantirish orqali, aholi bandligini taʼminlash hamda daromadlarini oshirish chora-tadbirlari” mavzusidagi videoselektor yigʻilishining 47-sonli bayoni tasdiqlandi.

Mazkur bayonning ilovasiga aosan Respublika boʻyicha 17 ta shahar-tumanning “master-reja” sini ishlab chiqish belgilangan. Shuningdek, bayonning 21-bandiga asosan:

- bir hafta muddatda har bir tuman va shaharda hokimlarning moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari boshchiligida “Loyiha ofislari” ni tashkil etib, ularga xorijiy konsalting kompaniyalar va ekspertlari jalb qilish choralarini koʻrish;

Viloyat hokimligi tomonidan ishchi guruh tuzilib, barcha yuqori tashkilot rahbarlari va xodimlari jalb qilindi, shu bilan birga SamDAQI rahbariyati va xodimlari, jumladan  “Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasi azolari ham ishchi guruhga kiritildi.

Ishchi guruh azolari turli “Master reja”lar buyicha halqaro mutaxassis va tajribali xodimlar bilan hamkorlikda seminarlar tashkil qilindi va amliy loyihalarda faol ishtirok etmoqda:

Samarqand shahrining asosiy 5 ta qismi tanlab olinib 1.“Qorasuv” massivi, 2. “Shirin” massivi, 3. Tarixiy hudud, 4. Sattepo, Sugʻdiyona va Temir yoʻl orti hududlari, 5. “Gulobod” qoʻrgʻoni (hozirgi Samarqand tuman hududi) shular ichidan .“Qorasuv” hududi tanlab olindi va 1 chi namunaviy Master reja ishlab chiqildi.

Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan “Shanxay hamkorlik tashkiloti” sammiti munosabati bilan Samarqand shahrdagi asosiy koʻchalar koʻrinish va landshaft dizaynini qayta ishlab chiqish va hayotga tadbiq qilish borasida bir qator amaliy loyihalar amalga oshirildi va bu loyihalarning asosiy qismi institutning “Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasi oʻqituvchilari tomonidan ishlab chiqildi.

“Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasi oʻqituvchilari tomonidan 2021-yilda loyiha tashkilotlari bilan hamkorlikda respublikamizning turli hududlarida turar joy va jamoat binolarining loyihaviy va amaliy loyihalar amalga oshirilib hayotga tadbiq qilindi.

Loyiha tashkilotlaridan “Lart DU Design” mchj “Memor qurilish loyiha”mchj, “Zarkamrus” mchj,  “Munis stroy” mchj bilan hamkorlikda 16 ta kup qavatlti, 20 ta kam qavatli turar joy binolari va 18 ta turli jamoat binolari loyihasi amalga oshirildi. Asosiy oʻqituvchilarimizdan A.Aymatov, B.Maxamov, F.Soliyev A.Dostonov, A.Ortiqov, N.Xayitboyev va Sh.Balgayevalar tomonidan amalga oshirildi.

Amaliy ishlarning baʼzi qismlari va Samarqand viloyatining tumanlari master rejalarini ishlab chiqish buyicha buyruqlar va foto lavhalar ilovada keltirilgan.

_____

 The management and professors of the institute were involved as experts in the sustainable development of regions in the city of Samarkand

In accordance with paragraph 5 of the Decree of the President of the Republic of Uzbekistan dated January 27, 2021 No. PQ-104 “On additional measures to develop the service sector”, the task was set to develop master plans for the regions. the.

President of the Republic of Uzbekistan, held on June 7, 2021 in an expanded format, on the topic "Measures to ensure employment of the population and increase their income through the development of the service sector" was approved.

The development of a "general plan" for 17 cities-districts of the republic is indicated in the appendix to this application. Also according to paragraph 21 of the statement:

                - organize "Project Offices" in each district and city under the leadership of the First Deputy Governor for Finance, Economics and Poverty Alleviation and take measures to attract foreign consulting companies and experts to them;

                The regional administration formed a working group, which involved all top managers and employees of the organization, and the working group included the management and employees of SamDAQI, including employees of the "Architectural design" department.

Members of the working group have organized workshops in cooperation with international experts and experienced staff on various "Master Plans" and are actively involved in practical projects:

The main 5 parts of the city of Samarkand have been identified: 1. Korasuv massif, 2. Shirin massif, 3. historical district, 4. Sattepo, Sugdiana and areas behind the railway, 5. Gulobod fortress. ( currently the territory of the Samarkand region) , the Korasuv site was selected from them and the 1st sample of the master plan was developed.

Samarkand, the summit of the Shanghai Cooperation Organization implemented a number of practical projects for the redevelopment and implementation of main streets and landscape design in Samarkand, and most of these projects were developed by teachers of the Department of Architectural Design of the institute.

In 2021, the teachers of the Department of Architectural Design, together with design organizations, produced and implemented design and practical models of residential and public buildings in various regions of our republic.

Among the design organizations, 16 high-rise, 20 low-rise residential buildings and 18 various public buildings were implemented in cooperation with the design organizations LLC "Lart DU Design", LLC "Memor Qurilish Project", LLC "Zarkamrus" and "Munis Stroy" LLC. It was conducted by A. Aimatov, B. Makhamov, F. Soliev, A. Dostonov, A. Ortikov, N. Khayitboev and Sh. Balgayeva from our main teachers.

Orders and photos for the development of master plans for the districts of the Samarkand region and some parts of the work are included in the application.