Skip to main content

INTELLEKTUAL MULKNI HIMOYA QILISH VA ILMIY ISHLANMALARNI TIJORATLASHTIRISH

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-165-son qaroriga asosan, konsultatsion ko‘mak va seminar-trening o‘tkazish maqsadida Jahon bankining “MUNIS” loyihasini amalga oshirish ishchi guruhi a’zolari va xorijiy ekspert-maslahatchilari hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari tomonidan “Intellektual mulkni himoya qilish va ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish” bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida tadqiqotchi olimlar hamda patent mualliflari uchun seminar-trening o‘tkazdilar.

Seminar-treningda intellektual mulkni himoya qilish jarayonlarini faollashtirish bo‘yicha yangi yondashuvlarni, jumladan, innovatsion faoliyat ishtirokchilari o‘rtasidagi to‘siqlarni, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etish yo‘llarini ishlab chiqish, innovatsion faoliyat ishtirokchilarini rag‘batlantirish tizimi bo‘yicha asoslangan takliflar ishlab chiqish yuzasidan muhokamalar olib borildi.