Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti, “Interyer dizayni” kafedrasi tashabbusi bilan e’lon qilingan “SketchTurizm” dasturining rejasiga binoan 14-15, 21-22, 28-29-oktabr (shanba va yakshanba) va 18-oktabr (Samarqand kuni) kunlari faoliyati jarayonlaridan SamDAQU Axborot xizmati yorqin lavhalarni e’tiboringizga havola etadi.
“SketchTurizm” dasturi doirasida Otabek Babakandov Nuritdinovich (PhD) talabalarga arxitektura obyektlarini grafik usulda chizish sirlarini o‘rgatib bormoqda. “Architectural Graphics” fani ham aynan shuni taqozo qiladi. Loyihada SamDAQU talabalari va Samarqand shahriga sayohatga kelgan turli mamlakat ijodkorlari (turistlar) ham ishtirok etmoqdalar.
Vazir o‘rinbosari universitet hududini ko‘zdan kechirar ekan dars mashg‘ulotlaridan qaytayotgan talabalar bilan samimiy suhbat qurdi. Ularni qiynayotgan muammolari bilan qiziqdi. Ijara hamda talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talabalarda qo‘shimcha turar-joy va yotoq joylarga ehtiyoj bor yo‘qligini tingladi. Talabalar turar joylarida yashash istagida bo‘lgan talabalar uchun universitet mutasaddilariga davlat xususiy-sherikchilik asosida qo‘shimcha turar-joylar barpo etish bo‘yicha kerakli tavsiyalar berildi.
Shuningdek vazir o‘rinbosari universitetda kuz-qish mavsumiga tayorgarlik holatini va talabalar turar joylarida yaratilgan shart sharoitlarni ko‘zdan kechirdi va 4-son talabalar turar joyi talabalari bilan suhbatlashdi. Sarvarxon Buzrukxonov yosh yigit-qizlar bilan muloqotda yaratilgan shart-sharoitlar, ular tomonidan bildirilgan takliflari bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif doirasida “Yashil energiya” kompaniyasi direktor o‘rinbosari Begzod Mirzayev bilan ham kelishuvlar amalga oshirildi. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevralda “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-57 son qaroriga asosan universitet qoshidagi akademik litsey va iqtisodiyot va boshqaruv fakultetining 2-binosida jami 250 kWtga ega quyosh panellari fotoelektrostansiyasini o‘rnatishga kelishildi.