Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida AQShning Florida universiteti professori va Intelligentsia International Inc. ta’sischisi Dr. John Capece ishtirokida “Engineering and Social Dimensions of Climate Change Solutions” mavzusida ilmiy-o‘quv seminar tashkil etildi.
Seminar davomida iqlim o‘zgarishi, suv resurslari va atrof-muhit muhofazasi sohasidagi xalqaro tajribalar va amaliy yechimlar keng muhokama qilindi.
Tadbirda universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz, prorektorlar, professor-o‘qituvchilar hamda talaba yoshlar faol ishtirok etishdi. Seminar yakunida savol-javoblar va muzokaralar bo‘lib o‘tdi.