Samarqand davlat arxitektura – qurilish universiteti “Iqtisodiyot” kafedrasi 2023 yildan boshlab faoliyat ko‘rsatmoqda.
Kafedra tarixi
“Iqtisodiyot” kafedrasi 2023-yil 10-avgustda vatanimizga yuqori malakali iqtisodchi mutaxassislar tayyorlab berish maqsadida katta o‘qituvchi M.Sh.Komilova rahbarligida tashkil etilgan.
Bugungi kunda kafedrada M.Sh.Komilova rahbarlik qilmoqda.
Hozirgi vaqtda “Iqtisodiyot” kafedrasi O‘zbekistonda “Iqtisodiyot” (tarmoqlar va sohalar) ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlaydigan yetakchi maskan bo‘lib, talabalar o‘qish jarayonida iqtisod sohasida turli mulk shakllariga tegishli, turli tarmoq, sohalarning xoʻjalik yurituvchi subyektlari, moliya, kredit va sugʻurta muassasalari, davlat hamda mahalliy hokimiyat organlari, akademik va tarmoq, ilmiy tadqiqot tashkilotlari, ta’lim muassasalarining iqtisodiy, moliya, marketing, ishlab chiqarish — iqtisodiy va tahlil xizmatlarini oʻz ichiga oladi, tarmoqlar va sohalar boʻyicha - tarmoqlari va korxonalarini rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga, kasbiy koʻnikmasiga, mutasaddilik qobiliyatiga yoʻnaltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublarining majmuasini o‘rganish uchun har tomonlama tayyorgarlikka ega bo‘ladilar.
Kafedrada talabalarni o‘qitish soha korxonalari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlab, bozor iqtisodiyoti talablarining o‘zgarishiga mos holda o‘qitishga, ish beruvchilarga maksimal amaliyotga yo‘naltirilgan bo‘lishiga e’tibor qaratadi.
Hozirgi kunda kafedra yo‘nalishi va mutaxassisliklari bitiruvchilari Samarqand viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” unitar korxonasi, Respublika loyihalash va qurilish-pudrat tashkilotlari, xo’jalik yurituvchi subyektlar, harakatdagi bozorlar, moliya va axborot oqimlari, ta’lim muassasalaridagi o’quv-tarbiya jarayoni (pedagogik qayta tayyorlashdan o’tgandan so’ng), iqtisodiyotning tarmoqlar va sohalar bo’yicha, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish majmualari, assosiasiyalar, korporasiyalar, konsernlar, xolding, ishlab chiqarish birlashmalari, firma va kompaniyalar, shuningdek, turli mulk shaklidagi korxonalarni boshqarish, ilmiy tadqiqot muassasalari va mahalliy davlat organlarida iqtisodiy faoliyati, ishlab chiqarish jarayonlarida faoliyat yuritmoqdalar.
“Iqtisodiyot” kafedrasi universitetda mutaxassis chiqaruvchi asosiy kafedralardan biri sifatida doim rivojlanib va kengayib bormoqda. Bugungi kunda kafedrada 9 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqdalar. Ulardan 1 nafari iqt.fan.nomzodi 2 nafari iqtisod bo‘yicha falsafa-doktori, 2 nafari katta o‘qituvchilar, 2 nafari o‘qituvchi-assistentlar, 1 nafari xorijiy o‘qituvchi-assistent, 1 nafari stajyor-o‘qituvchilardir.
Hozirda kafedra 1 ta magistratura mutaxassisligi va 1 ta bakalavr “Iqtisodiyot” (tarmoqlar va sohalar) ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan ilmiy-pedagogik faoliyat olib boradi.
Kafedraning korxonalar bilan aloqalari:
· Samarqand viloyat hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” unitar korxonasi;
· “Tolib bobo AKT” MCHJ;
· “Maroqand Bek Baraka” MCHJ;
· “Go’zalkent G’isht Servis” MCHJ;
Kontingent:
Kafedraning ilmiy salohiyati – 33 %, o‘qituvchilarning o‘rtacha yoshi – 39.
Bakalavriat yo`nalishlari:
60310100_Iqtisodiyot_tarmoqlar_va_sohalar_bo'yicha
Magistratura:
70410102 – “Iqtisodiyot”
Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor – o‘qituvchilar haqida qisqacha
MA’LUMOT
T/r |
F.I.SH |
Lavozimi |
Ish joyiga munosabati |
1. |
Komilova Mukammal Shavkatovna |
Kafedra mudiri, |
Asosiy |
2. |
Sobirov Ilhom Xusanovich |
Dotsent v.b. |
Asosiy |
3. |
Rahimov Sanjar Abdulahodovich |
Dotsent v.b. |
Asosiy |
4. |
Musurmonov Rajab Maxammatovich |
i.f.n. katta o’qituvchi |
Asosiy |
5. |
Mukumova Nargis Nuriddinovna |
Katta o‘qituvchi |
Asosiy |
6. |
To’rayeva Malika Xikmatovna |
O‘qituvchi |
Asosiy |
7. |
Ulac Sherife |
O‘qituvchi |
Asosiy |
8. |
Rayimov Ma’rufjon Abdurashid o’g’li |
O‘qituvchi |
Asosiy |
9. |
Djurayeva Maxzuna A’zamovna |
Stajyor-o‘qituv. |
Asosiy |
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-metodologik ishlar
Kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan kafedra fanlaridan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, ma’ruza matnlari, amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, kurs loyihalari va malakaviy bitiruv ishlarini bajarish bo‘yicha yo‘riqnomalar, joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni o‘tkazish bo‘yicha savolnomalar va testlar chop etilgan.
O‘quv jarayoniga yangi informatsion va pedagogik texnologiyalar joriy etilmoqda, ya’ni, AKT va “aqliy hujum”, “insert”, “klaster”, “refleksiya”, “guruhda ishlash” va boshqa shu kabi pedagogik usullar qo‘llanilmoqda.
O‘quv-amaliy va ma’ruza mashg‘ulotlariga ilmiy natijalarning tadbiq etilishi va material-texnik bazani yaxshilash va to’ldirish kafedraning dolzarb muammolaridir. Kafedraning iqtidorli talabalari ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etadilar. Ular ilmiy-amaliy anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etadi. Olingan ilmiy natijalar respublika jurnallarida chop etilgan.
Oʻquv-uslubiy ishlar
“Iqtisodiyot” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan:
Ø 2 ta darslik;
Ø 7 ta o’quv qo’llanma;
Ø 5 ta monografiya chop qilindi.