Xabaringiz bor 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab, mutaxassis chiqaruvchi kafedralar muhandislik oliy ta’lim muassasalariga biriktirilgan korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda, ta’lim yo‘nalishlarining xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich dual ta’lim tizimida tashkil qilmoqda.
Filiallarni tashkil etishdan maqsad kadrlar tayyorlashni rejali tarzda yoʻlga qoʻyish va ularning sifatini oshirish borasida oʻquv-ilmiy hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdir.
Joriy yilning 5-sentabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz va “JBI MONOLIT” ma’suliyati cheklangan jamiyat direktori Suxrob Usmonov o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasi asosida, korxona qoshida “Qurilish muhandisligi” kafedrasi filiali tashkil qilindi.
Kafedra filialining ochilishida universitetdan Strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor Jo‘ramirza Qayumov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Mirolim Shodmonqulov, Qurilish fakulteti dekani Javlon Suyunov, “Qurilish muhandisligi” kafedrasi mudiri G‘ofur Karimov hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
Yangi o‘quv yilidan boshlab korxona qoshida tashkil etilgan filialda “Qurilish muhandisligi”, “Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” va “Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishlari talabalariga fan ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshirishda dual ta’lim yo‘lga qo‘yiladi.