Skip to main content

ISPANIYA VA O‘ZBEKISTON REKTORLARINING ILK SEMINARI

Ayni paytda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz xizmat safari bilan Ispaniyada bo‘lib turibdi.

Joriy yilning 23-24-noyabr kunlari Ispaniya va O‘zbekiston rektorlarining ilk seminari tashkil etildi. Ushbu seminarda Janob Fransisko Pinielha Kadis universiteti rektori, Janob Bruno Garsiya de Leon Kadis meri, Amaya Mendicoetchea xonim Madrid avtonom universiteti rektori va Ispaniya universitetlari rektorlari konferensiyasi vakili, Janob Diego Ruiz Alonso alohida masalalar bo‘yicha elchi Ispaniya Tashqi ishlar vakili, Yevropa Ittifoqi va hamkorlik vazirligining Markaziy Osiyo bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasining birinchi kotibi konsullik bo‘limi mudiri Shuhrat Odilov, Janob Xose Aurelio Yanesa Ispaniya Universitetlar vazirligi Ta’limni xalqarolashtirish xizmati Ispaniya oliy ta’limni xalqarolashtirish bo‘limi direktorlar hamda O‘zbekiston OTMlarining bir guruh rektorlari ishtirok etmoqdalar.

Kadis universitetida bo‘lib o‘tayotgan ushbu seminarda OTM rektorlari tomonidan “Ispaniya va O‘zbekiston tizimlari” to‘g‘risida taqdimotlar hamda davra suhbatlari o‘tkazilmoqda. Jumladan, “O‘zbekiston va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari tizimlari, Ispaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi universitet hamkorligini rivojlantirishning institutsional vositalari: Pretsedentlar va kelajak imkoniyatlari”, “Til sohasidagi hamkorlik: O‘zbekiston-Ispaniya universitetlari hamkorligining yangi strategiyalarini ishlab chiqishning kalitidir” mavzularida davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

Ushbu davra suhbatlarida SamDAQU rektori Dr. Chidem Turkyilmaz “O‘zbekiston-Ispaniya universitetlari hamkorligining muvaffaqiyatli amaliyotlaridan na'munalar” mavzusida o‘zining ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Tarmoq sessiyalarida, tanishuv hamda o‘zaro kelishuv marosimlari ham tashkil etildi. Ushbu sessiyalarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Ispaniyaning Yena universiteti, Huelva universiteti hamda Malaga univeristetlari bilan o‘zaro hamkorlik va anglashuv memorandumlarini imzolashga erishdi.

Seminar yakunida barcha ishtirokchilar bilan esdalik uchun foto muhrlandi va mehmonlar uchun Kadis shahri bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi.