Skip to main content

ISTAMBUL KULTUR UNIVERSITETIGA TASHRIF

Safarning navbatdagi kunida SamDAQU delegatsiyasi Istambul Kultur universitetining kampuslariga tashrifni amalga oshirdilar. Dastlab universitetning yangi “Basin Expres” kampusidagi o‘quv auditoriyalari, kutubxonalari va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi. Yangi kampus 2018-yilda ishga tushirilgan bo‘lib, 2 ta 10 qavatli binodan iborat.

Shundan so‘ng universitetning asosiy “Atakoy” kampusiga tashrif buyurgan delegatsiya a’zolari “Arxitektura” fakulteti dekani professor Neslihan Dostoglu bilan uchrashishdi. Dekanning taklifiga asosan SamDAQU Arxitektura fakulteti professor-o‘qituvchilari bitiruvchi talabalarinig diplom loyihalarining himoyasida ishtirok etdilar.

Delegatsiya vakillari guruhlarga bo‘linib, Kultur universitetining o‘quv, ilmiy va tashkiliy ishlariga javobgar bo‘lgan mas’ullari bilan uchrashib, tajriba almashdilar.