Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Landshaft dizayni” kafedrasi katta o‘qituvchisi Shavkat Kurbanov xizmat safari doirasida Turkiyaning Istanbul texnika universiteti Arxitektura fakultetida faoliyat olib bormoqda.
Shavkat Kurbanov ITUning “Landshaft arxitekturasi” kafedrasi mudiri Dr. Hayriya Eshbah Tunchay va professor Elif Ag‘aog‘lu Yildirim taklifiga binoan 3-kurs talabalari uchun o‘tkazilayotgan dars mashg‘ulotlarida ishtirok etdi.
Mashg‘ulot davomida talabalar bilan landshaft dizayni sohasidagi innovatsion yondashuvlar va ekologik muhitni barqarorlashtirish bo‘yicha ilmiy tajriba almashinuvi amalga oshirildi.
Ushbu tashrif ikki universitet o‘rtasidagi ilmiy va amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.