Birinchi O‘zbekiston-Italiya ta’lim forumiga tashrif buyurgan “Gabriele d’Annunzio” nomidagi Chieti-Pescara universiteti kengashi a’zosi Crisci Gaetano 27-sentyabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida bo‘ldi.
Crisci Gaetano SamDAQUga bo‘lgan qiziqishlari bilan o‘rtoqlashib ikki oliy ta’lim muassalarining strategik maqsadlarni hamkorlikda amalga oshirish mumkin bo‘lgan rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
Universitet rahbariyati bilan kechgan uchrashuvda ikki oliy ta’lim muassalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolash hamda ushbu bitim tomonlarga o‘zaro manfaat olib kelishiga ishonch bildirildi.