Skip to main content

Jiangsu Okean universiteti vakillari tashrif buyurdi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga Jiangsu Okean universiteti vakillari tashrif buyurdi.

Universitet vitsa-prezidenti Shen Xin boshchiligidagi delagatsiya tarkibida Adabiyot huquq maktabi ijrochi dekani Wei Fanqing, Biznes maktabi ijrochi dekani Wan Jindian, Xorijiy tillar maktabi dekani Zhao Jinghui, Xalqaro hamkorlik offisi direktori Han Xiaojie, Lianyuungang shahri loyihalash ofisi direktori Shi Hualin, Lianyuungang shahri Xalqaro munosabatlar hukumati ofisi direktor o‘rinbosari Zhang Yigang, Lianyuungang shahri rivojlantirish va islohotlar komissiyasi deportament direktori Xu Daqing SamDAQU ma’muriyati bilan uchrashuv olib bordi.

Uchrashuvda SamDAQU ma’muriyatidan strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor Botir Ibragimov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Murodjon Xodjabekov, xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Nataliya Leskina, Qurilish fakulteti dekani Doniyor Jo‘raqulov, hamda Arxitektura kafedrasi professori Emrah Turkyilmaz, Qurilish muhandisligi kafedrasi dotsenti Baxtiyor Saidmurodovlar hamkorlik masalalari bo‘yicha suhbat olib bordilar.

Uchrashuvdan so‘ng xorijlik delegatsiya a’zolari xalqaro hamkorlik faoliyati va universitet bilan tanishdilar, shuningdek universitet kampusi joylashgan fakultetlar hamda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi jarayonlarida ishtirok etdilar.