Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Yoshlar orasida jinoyatchilikni oldini olish” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Unda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sherzod Uzoqov, Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Olim Sobirov, Samarqand viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimi, mayor Furqat Yusupov, Viloyat DXX boshqarmasi xodimi Muxriddin Ochilov, Sport boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i, xalqaro toifadagi sportchi Bahodir Berdiqulovlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Suhbat davomida yoshlarning boʻsh vaqtlarida sport mashgʻulotlari bilan shugʻullanish va turli xil giyohvandlik, terrorizm hamda ekstremizmdan saqlanish haqida tushuntirish ishlari olib borildi.