Skip to main content

Dr. John Capece tomonidan “Iqlim o‘zgarishlari va atrof-muhit nazorati” mavzusida ma’ruza o‘tkazildi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida AQShning Florida universiteti professori, xalqaro suv eksperti Dr. John Capece “Atrof muhit muhandisligi” kafedrasida ilmiy ma’ruza qildi.

Mazkur ma’ruza Atrof muhit muhandisligi, Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji ta’lim yo‘nalishlari hamda Muhandislik kommunikatsiyalari tarmoqlari qurilishi va montaji mutaxassisligi magistrlari uchun tashkil etildi. Shuningdek, ma’ruzaga qiziqish bildirgan professor-o‘qituvchilar ham faol ishtirok etishdi.

Dr.  John Capece ma’ruza davomida iqlim o‘zgarishlarining atmosferadagi havo va suv sifatiga ta’siri hamda ularni nazorat qilishning ilmiy asoslari haqida batafsil ma’lumot berdi. Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ishtirok etib, mavzu yuzasidan muhokamalarda qatnashdilar.