Skip to main content

Oliy ilm-fan maktabi hamda kafedra mudirlari ishtirokida majlis bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-279-son qaroriga muvofiq Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Oliy ilm-fan maktabining dekani Perviz Ahmedzade tomonidan yangi o‘quv yilida magistr talabalari mavjud bo‘lgan kafedra mudirlari bilan birgalikda majlis bo‘lib o‘tdi.

Majlis davomida “Oliy ilm-fan maktabi” koordinatorlari Dilnoza Kamalova, Akmal Rayimkulov va “Oliy ilm-fan maktabi” ish yurituvchi Dilrabo Azimova hamda kafedra mudirlariga malaka talablari, o‘quv rejalari hamda fan dasturlarining ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda 2024/2025-yangi o‘quv yilida tasdiqlash lozimligi to‘g‘risida tegishli topshiriqlar berildi.