Buxoroda davom etayotgan O‘zbekiston – Italiya ta’lim forumi doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti va Kalyari universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Ushbu hujjat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida arxitektura, iqtisodiyot, muhandislik kommunikatsiyalari, qurilish va mexanika muhandisligi yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini o‘z ichiga oladi.