K. Raximov 2023 yildan SamDAQU huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi Kengashi raisi lavozimida va universitetning kuzatuv kengashi a’zosi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
U 22 ta monografiya, 8 ta darslik, 10 ta o‘quv qo‘llanma, 250 dan ziyod ilmiy maqolalar, 60 dan ortiq ilmiy tezislarlarning muallifidir. 200 dan ortiq amaliy loyihalari kengashlarda tasdiqlanib amalda surilib fodalanishga topshirilgan.
“Arxitektura” kafedrasi professori Rahimov K.D. 2018-yil Vazirlar Mahkamasining 01.05.2016 yildagi 3-son qarorini bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi rahbariyatining Samarqand shahriga tashrifi yakunlari bo‘yicha bayonnoma topshiriqlari hamda SHHT sammitini Samarqand shahrida o‘tkazish masalalari va shaharning markaziy qismini batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqish ishlarida ishtirok etdi.
”2017 - 2019 yillarda Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turizm saloxiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 450-sonli qaroriga asosan Samarqand shahrida shaharsozlik infratuzilmasini rivojlantirish va sayyohlik potensialini jadal rivojlantirish bo‘yicha Loyixa-ekspert guruhida a’zo sifatida ishladi.
Samarqand shahrida "Bog‘ majmuasiga ega bo‘lgan Konfutsiy madaniy maydoni" loyhasini yaratish va amalga oshirish muallifi. Respublikada ilk bor Farg‘ona shahrida yagona shaharsozlik konsepsiyasiga asoslangan Renovatsiya dasturi ishlab chiqilishida respublikamizda taniqli me’mor, Samarqand arxitektura va qurilish instituti professori Kamol Raximov bosh loyihachi sifatida ishtirok etdi. Shuningdek, Raximov K.Dj. quyidagi loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etdi:
- Farg‘ona shahridagi Mustaqillik massivida ko‘p qavatli turar joy uylarini loyihalash va qurilish nazorati 2021 y ; - Farg‘ona shahridagi markazi va asosiy ko‘chalar konsepsiyasi va loyihaviy yechimlari; Farg‘ona shahrini RENOVATSIYA dasturi asosida modernizatsiyasi – yangilanish loyihasi; - Farg‘ona shahrida 300 ga maydonda "Zamonaviy aqlli bog‘ga ega bo‘lgan Eko-shahar" loyihasi; - Namangan viloyati, Chortoq tumanida "Baliq ko‘l ziyoratgohi"- Sulton Uvays Qaroriy maqbarasini qayta tiklash va bog‘-park majmuasining loyihasi; - Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida "Isoxon to‘ra Ibrat madaniyat maydoni va bog‘-park majmuasi”ning loyihasi; - Namangan viloyatida Aksikent qadimiy shahrining tarixiy yodgorliklarining muhofaza qilish va ulardan foydalanish maqsadidagi "Ochiq osmon ostidagi muzey”ga aylantirish loyihasi; - Namangan shahridagi Navoiy, Axunboboyev, Marg‘ilon ko‘chalarining konseptual va qayta tiklash loyihalari; - Namangan shaxrining markaziy bog‘-parkini qayta tiklash loyihasi; - Samarkand viloyatining tumanlarida - Pastdarg‘om, Urgut, Paxtachi, Xatirchi, Ishtixon, Bulung‘ur, Kattaqo‘rgon markaziy bog‘-parklarini qayta tiklash loyihalari. - Innovatsion Loyiha, IT Sharof Rashidovning hayoti va faoliyatini ilmiy tadqiqi hayotga tadbiq qilinishi, O‘zbekistonda real voqelikka to‘yingan innovatsion platforma. “Nazar” elektron muzey loyihasi (Raximov B.K., Raximov K.Dj.) 2021. avgust.
2017-19 yillar davomida Samarqand shahri "Bosh rejasini" qayta shakllantirishda "Bosh muvofiqlashtiruvchi - hammuallif" vazifasini bajardi. Samarqand shahrining XIX asrga tegishli, Yevropa tarixiy hududiga moslashgan, Markaziy bulvarning sharqiy yonboshida, SHHT delegatlariga mo‘ljallangan, "Mo‘jaz, "aqlli mehmonxona" loyihasi.
2023 yilning iyun oyida Raximov K.Dj. rahbarligida "My Fergana” yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishga tushirildi va muallifidir.