Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida bitiruvchilar va ish beruvchilar oʻrtasida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Tadbirning ochilish marosimida Startegik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor Botir Ibragimov, O‘quv ishylari bo‘yicha prorektor Murodjon Xodjabekov, Samarqand viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i Umar Isayev, O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi Samarqand viloyati madaniy meros boshqarmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i Baxtigul Pardayevalar so‘zga chiqib o‘zlarining iliq tilaklarini bildirdilar hamda ish beruvchilar o‘zlarining mavjud vakant ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumotlar berdilar.
Marosimdan so‘ng kuning asosiy qismida bitiruvchilar va ish beruvchilar bevosita to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib bordilar. “Karyera kuni” mehnat yarmarkasida 59 ta arxitektura, shaharsozlik va qurilish sohasida faoliyat olib borayotgan yirik kompaniyalar, korxona va tashkilotlar jami 746 ta vakant bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar.
Xususan, Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi, Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti Samarqand filiali, “Respublika Aerogeodeziya markazi” Samarqand hududlararo bo‘linmasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi huziridagi Kadastr agentligining davlat kadastrlar palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi, “Hududgaz Samarqand gaz” ta’minoti filiali, Samarqand viloyat “Issiqlik manbai” DUK, “Engineering qurilish” MCHJ, Ekspert Plan Design MCHJ, “Minor agrar qurilish” MCHJ, “Movorounnahr Arch design” MCHJ, “Sam Antep Gilam” MCHJ QK, “O‘zgashLITI” DUK Samarqand filiali, “Montajchi” MCHJ, “Texno xolod stroitel” MCHJ, “Sam TEX PROJECT” MCHJ, “Axtam modern Plus” MCHJ, “Zamonaviy loyihalar” MCHJ, “Aziz Proekt Plan” MCHJ kabi korxonalar o‘zlarining vakant bo‘sh ish o‘rinlari bilan bitiruvchilarni ishga taklif etdilar.
Mehnat yarmarkasida ishtirok etgan korxona va tashkilotlardagi vakant bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish maqsadida universitetning 600 nafarga yaqin bitiruvchi talabalari mehnat yarmarkasiga tashrif buyurdi. Universitet bugungi kunda 8679 nafar talabalarga ega. Joriy o‘quv yilida 1576 nafar bitiruvchilar, shundan 1566 nafari bakalavriat va 10 nafari magistratura mutaxassisliklarini tugatmoqdalar.
Tashkil etilgan mehnat yarmarkasida ish beruvchilar va bitiruvchilar o‘rtasida bevosita o‘zaro suhbatlar olib borilib, 120 nafarga yaqin bitiruvchialar uch tomonlama shartnomalarni (86 nafari rezyume, 34 nafar ishga joylashish) imzolashga erishdilar.