Skip to main content

11-noyabr — Kasaba uyushmalari kuni

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida 11-noyabr – Kasaba uyushmalari kuni bayrami munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Viloyat kengashi raisi Suxrob Rafikov, universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz, SamDAQU boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi Abduraxmon Axunjonov va universitet professor-o‘qituvchilar va xodimlar jamoasi hamda talabalar ishtirok etdilar.

Uchrashuvda so‘z olganlar avvalo bayram munosabati bilan barcha yig‘ilganlarni tabrikladilar. Shuningdek “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunida ko‘rsatilgan kasaba uyushmasi, boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkiloti, kasaba uyushmalarining birlashmasi va bo‘linmalar to‘g‘risida tushunchalar, xodimlarning kasbiy, mehnatga oid, ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan keng ma’lumotlar ulashildi.

Tadbir so‘ngida universitet jamoasida namunali xulqi, fidoyili hamda tirishqoqligi, qolaversa yutuqlarga erishgan bir qator ishchi-xodimlarga Xorazmga sayohat yo‘llanmasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.