Skip to main content

TALABALAR HAFTALIGI: KIBERSPORT

Xabaringiz bor 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Talabalar haftaligi” doirasida universitet Yoshlar ittifoqi tomonidan bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tishi haqida xabar began edik. Haftalik doirasida ilk tadbir talabalar orasida “Kibersport” musobaqasi bilan boshlandi. Musobaqada talabalar kibersportning futbol turi bo‘yicha o‘zaro olimpik guruhlarga bo‘linib bellashdilar.

G‘oliblar 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan SamDAQU katta faollar zalida tashkil etilgan galakonsertda taqdirlandilar.