Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida joriy yilning 10-noyabr kuni talabalar bilan Samarqand viloyati IIB TQX Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimlari o‘rtasida, bugungi kunda internet ijtimoiy tarmoqlari orqali sodir etilayotgan firibgarlik holatlari, kiberjinoyatchilik va ularning jamiyatimizga keltirayotgan zararlari, “fake” xabarlar orqali kelgan yashirin qarmoqlarni qanday qilib “factchecking” qilish kerakligi to‘g‘risida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida talabalarni qiziqtirgan kiberjinoyatchilik hamda ularni oldini olishga qaratilgan bir qancha savollarga mutaxasislar tomonidan atroflicha javoblar berib o‘tildi.
Kiberxavsizlika oid ma’lumotlarga ega bo‘lish va doimiy ravishda internet ijtimoiy tarmoqlar orqali sodir etilayotgan firibgarliklar va ularning yangi turlari haqida bilib borish uchun Samarqand viloyati IIB TQX Kiberxavfsizlik bo‘limi rasmiy sahifalarini kuzatib borishingizni so‘raymiz.