“Ko’chmas mulkni boshqarish” kafedrasi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti “Qiymat injiniringi va ko’chmas mulk ekspertizasi” kafedrasi negizida 2023-yilda qayta tashkil etilgan. Bugungi kunda kafedrada 6 nafar professor-o’qituvchilar faoliyat ko’rsatmoqda:
1. Turdibekov Yusuf Ibragimovich – kafedra mudiri, PhD.
2. G’aniyev Karim Barovich – professor, t.f.d.
3. Abduxamidov Abilqosim Yaxshiboyevich – dotsent, t.f.n.
4. Giyasova Zebo Xamrakulovna – o’qituvchi
5. Abduxoliqov Jamshid Abduxalil o’g’li – o’qituvchi
6. Diyarova Mahliyo Islamovna – o’qituvchi
Kafedra professori K.B.G’aniyev Toshkent arxitektura-qurilish institutinig doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarini yoqlash bo’yicha ilmiy ixtisoslashgan kengashi a’zosidir hamda O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33-yilligida 1-darajali “Mehnat faxriysi” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan.
Kafedra qoshida 60731300-Qiymat injiniringi va ko’chmas mulkni boshqarish bakalavriat ta’lim yo’nalishi hamda 70731301-Ko’chmas mulkni baholash va boshqarish magistratura mutaxassisligi tashkil etilgan va bugungi kunda respublikamiz uchun nafaqat oliy malakali bakalavrlar, balki yuqori saviyali magistrlar ham tayyorlab kelinmoqda. “Ko’chmas mulkni boshqarish” kafedrasi SamDAQUning o’quv-ilmiy va ma’naviy bo’linmasi hisoblanib, kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq tegishli ta’lim yo’nalishlari va mutaxassislari bo’yicha talabalarnu o’qitish, ta’lim tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg’unlashgan holda olib borishni ta’minlash, shuningdek fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish ishlari bilan shug’ullanadi.
Kafedraning korxonalar bilan aloqalari:
· “Samholis-baho” MCHJ;
· “Diller sarmoya” MCHJ;
· “Special value” MCHJ;
· Kadastrlar palatasi Samarqand viloyati filiali.
Kontingent:
Kafedraning ilmiy salohiyati – 75 %, o‘qituvchilarning o‘rtacha yoshi – 47.
Bakalavriat yo`nalishlari:
60731300-Qiymat injiniringi va ko’chmas mulkni boshqarish
Magistratura:
70731301-Ko’chmas mulkni baholash va boshqarish
Kafedraning professor-o‘qituvchilari tomonidan kafedra fanlaridan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari, ma’ruza matnlari, amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, kurs loyihalari va malakaviy bitiruv ishlarini bajarish bo‘yicha yo‘riqnomalar, joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni o‘tkazish bo‘yicha savolnomalar va testlar chop etilgan.
O‘quv jarayoniga yangi informatsion va pedagogik texnologiyalar joriy etilmoqda, ya’ni, AKT va “aqliy hujum”, “insert”, “klaster”, “refleksiya”, “guruhda ishlash” va boshqa shu kabi pedagogik usullar qo‘llanilmoqda.
O‘quv-amaliy va ma’ruza mashg‘ulotlariga ilmiy natijalarning tadbiq etilishi va material-texnik bazani yaxshilash va to’ldirish kafedraning dolzarb muammolaridir. Kafedraning iqtidorli talabalari ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etadilar. Ular ilmiy-amaliy anjumanlarda ma’ruzalar bilan ishtirok etadi. Olingan ilmiy natijalar respublika jurnallarida chop etilgan.
Oʻquv-uslubiy ishlar
“Ko’chmas mulkni boshqarish” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan:
Ø 1 ta darslik;
Ø 1 ta o’quv qo’llanma;
Ø 1 ta monografiya chop qilindi.
Kafedra manzili
Samarqand shahri, Lolazor ko‘chasi, 70-uy
Kafedrada quyidagi fanlar o’tiladi:
· Ko’chmas mulkni rivojlantirish va ko’chmas mulk iqtisodiyotiga kirish;
· Ko’chmas mulk investitsiyalari, loyihalarni ishlab chiqish va baholash;
· Ko’chmas mulk huquqi;
· Ko’chmas mulkni boshqarish, development va rieltorlik;
· Ko’chmas mulkni baholash;
· Qurilishda smeta ishi;
· Investitsiyalarni tahlil qilish va portfolioni boshqarish;
· Qurilish iqtisodiyoti;
· Yerga egalik qilish va uning tizimlari;
· Ko’chmas mulkni boshqarish usullari;
· Ko’chmas mulk bozori va tahlili;
· Bino va inshootlar ekspertizasi;
· Uy-joylarni moliyalashtirish va boshqarish;
· Sud qurilish-texnik espertizasi asoslari;
· Qurilish korxonalari xo'jalik faoliyati tahlili;
· Qurilishda moliyaviy tahlil;
· Ko’chmas mulk bozorini boshqarish;
· Ko’chmas mulk investitsiyalarini iqtisodiy baholash;
· Qurilish smeta-loyiha hujjatlarining ekspertizasi asoslari.
Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor – o‘qituvchilar haqida qisqacha
MA’LUMOT
T/r |
F.I.SH |
Lavozimi |
Ish joyiga munosabati |
1. |
Turdibekov Yusuf Ibragimovich |
Kafedra mudiri |
Asosiy |
2. |
G’aniyev Karim Barovich |
Professor |
Asosiy |
3. |
Abduxamidov Abilqosim Yaxshiboyevich |
Dotsent |
Asosiy |
4. |
Giyasova Zebo Xamrakulovna |
Stajer-o’qituvchi |
Asosiy |
5. |
Diyarova Maxliyo Ilxamovna |
Stajer-o’qituvchi |
O’rindosh |
6. |
Abduxoliqov Jamshid Abduxalil o’g’li |
O’qituvchi |
O’rindosh |