2024-yil 23-25 aprel kunlari Baku shahridagi Ozarbayjon mamlakati arxitektura-qurilish universitetida “2nd International Conference on Information Technologies and Their Applications (ITTA 2024)” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya Fan va ta’lim vazirligi, Ozarbayjon arxitektura, qurilish va boshqarish tizimlari universiteti, Ozarbayjon Axborot texnologiyalari instituti, Turkiya Ege universiteti, Ukraina V.M. Glushkov nomidagi Kibernetika instituti, Qozog‘iston Axborot va hisoblash texnologiyalari institutlar bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Ushbu konferensiyada universitet tomonidan Oliy ilm-fan maktabi dekani professor Perviz Ahmedzade “Optimizing the performance characteristics of SBS - Geopolymer modified bitumen: A Data-Driven approach with ANN and Design Expert Software” mavzusida o‘z ma’ruzasi bilan so‘zga chiqdi.
Ilmiy-amaliy anjuman taqdimotlardan keyin Ozarbayjon arxitektura va qurilish instituti rahbariyati va rektori professor Gulchohra Mammadova boshchiligida hamda SamDAQU Oliy ilm-fan maktabi dekani professor Perviz Ahmedzade, “Iqtisodiyot” kafedsrasining o‘qituvchisi Sherife Ulac dolzarb hisoblanadigan universitetlarning akademik standartlari, malaka oshirish imkoniyatlarini ta’minlaydigan qo‘shma diplom olish uchun talabalar va yosh olimlarga sharoit yaratib berish, almashinuv dasturlari olish tamoyillari va masalalarini xorijiy hamkasblar doirasida muhokama qilindi.