Skip to main content

Ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “Arxitektura va qurilish sohasida zamonaviy ilm-fanning innovatsion yutuqlarini tadbiq etish muammolari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyani universitet rektor maslahatchisi Jo‘ramirza Qayumov kirish so‘zlari bilan ochib berdi.

Ochilish marosimida universitet Ilmiy tadqiqotlar va loyihalar koordinatorligi koordinatori Usmon Xushvaqtov, Oliy ilm-fan maktabi dekani Perviz Ahmedzade, Arxitektura fakulteti dekani Dilnoza Kamalovalar tabrik so‘larini yo‘lladilar hamda konferensiya ishiga omad tiladilar.

Bugungi konferensiyaning asosiy maqsadi olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar atroflicha tahlil etilib, talabalar va yosh tadqiqotchilarning ilmiy faoliyati, xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishi, istiqbolli izlanishlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratishdan iborat.

Ilmiy konferensiya quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi:

I sho‘ba. IImiy va innovatsion yutuqlarga asoslangan arxitektura, dizayn, shaharsozlik sohalarini rivojlantirishning dolzarb muammolari, binolar va muhandislik tarmoqlarini qurish istiqbollari;

II sho‘ba. Zamonaviy qurilish materiallarini yaratish va qurilish texnologiyalarini innovatsion rivojlantirish;

III sho‘ba. Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastrini rivojlantirishda zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish muammolari;

IV sho‘ba. Shahar ekologiyasi muammolari va ularning zamonaviy yechimlari

V sho‘ba. Global iqlim o‘zgarishitabiily resurslardan oqilona foydalanish ekologik muammolar;

VI sho‘ba. Qurilish amaliyotida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish muammolari;

VII sho‘ba. Binolar, kommunikatsiya tizimlari va yo‘llarni qurishdagi muammolar va zamonaviy yechimlar;

VIII sho‘ba. Iqtisodiyot, turizm, xizmat ko‘satish va ko‘chmas mulk bozori tarmoqlarida qulay investitsiya muhiti va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish bo‘yicha innovatsion yechimlar.

Har bir sho‘bada magistrant va doktorantlar o‘zlarining olib borayotgan ilmiy tadqiqot ishlari hamda ilmiy izlanishlari to‘g‘risida ma’ruzalar qildilar. Konferensiya so‘ngida ma’ruzachilar tomonidan taqdim etilgan ilmiy maqolalar yosh olimlar tomonidan muhokama qilindi. Berilgan taklif va mulohazalar xulosa qilindi va rezolyutsiya qabul qilindi.