Skip to main content

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida 2024-yil 3-dekabr kuni universitet bosh binosida 8-dekabr — mustaqil, demokratik respublikamizning asosiy Qonuni — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 Tadbirda “Ijtimoiy va tabiiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Adolat Ziyotova, Talabalar dekani o‘rinbosari Aminxo‘ja Jamolov, Talabalar dekanati tyutorlari Komila Abdullayeva, Nilufar Ro‘ziyeva, Bahrom Aminov va Doniyor Esanov hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirni Talabalar dekani o‘rinbosari Aminxo‘ja Jamolov ochib, fuqarolarning eng muhim orzu-intilishlari va maqsadlari asosiy qonunimiz — Konstitutsiyada to‘liq ifoda etilgani, yangi tahrirdagi Konstitutsiya xalqimiz xohish-irodasini ifoda etgan xalqchil hujjat bo‘lib, unda belgilangan har bir modda inson sha’ni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklarining kafolati ekanligini ta’kidladi.