Skip to main content

KONSTITUTSIYANING MAZMUN-MOHIYATIGA BAG‘ISHLANGAN DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini o‘rganish” va “Yangi O‘zbekiston – inson huquqlari” umummilliy darslariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Talabalar dekanati dekani Bekzod Saidov, “Ijtimoiy va tabiiy fanlar” kafedrasi mudiri Asliddin Quldoshev va kafedra professor-o‘qituvchilari, Yoshlar yetakchisi Ikrom Davurov, Talaba klublari bo‘limi boshlig‘i Charos Xushmurodova va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Yig‘ilganlarga konstitutsiyani yangilash zarurati va xalq konstitutsiyasining asosiy mazmun-mohiyati, inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari hamda ularning kafolatlari, Oʻzbekistonda davlat hokimiyatini tashkil etishning konstitutsiyaviy asoslari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Davra suhbatidan so‘ng 5 tashabbus markazida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini o‘rganish bo‘yicha talaba-yoshlar o‘rtasida olimpiada tashkil etildi. Olimpiada 2 bosqichda bo‘lib, savol-javob hamda suhbat asosida o‘tkazildi. Yoshlar tashkil etilgan olimpiada davomida o‘z bilimlarini yanada mustahkamlab oldilar.