Skip to main content

O‘ZBEKISTON VA KOREYA OTMLARI REKTORLARINING FORUMI DOIRASIDA XALQARO HAMKORLIK SHARTNOMALARI IMZOLANDI

Xabaringiz bor O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Joriy yilning 27-28-mart kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumida Koreya Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bilan Universitetning kadrlar tayyorlash tizimini xorijiy, innovatsion oʻquv texnologiyalari yordamida yanada rivojlantirish hamda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlangan, xorijiy tajribalar bilan yanada takomillashtirish yoʻlida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni rivojlantirish maqsadida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti va Korea Respublikasi xalqaro reytingi baland “Yeungnam”, “Halla”, “Dankook” "Kyungwoon" universitetlari oʻrtasida uzoq muddatga moʻljallangan hamkorlik shartnomalari imzolandi.